Annotatsiya
Ushbu maqola inson va kollaborativ robot (HRC) hamkorligiga asoslangan yig‘ish jarayonining dastlabki bosqichida vaqt va sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganishda qilingan tajribalar yoritilgan. Sanoat 4.0 va 5.0 konsepsiyalari doirasida kobotlar (kollaborativ robotlar) takrorlanuvchi, bir xil turdagi yig‘ish vazifalarini kechayu-kunduz, xato qilish darajasi juda past va xavfisiz bajarishi mumkinligi sababli, ishlab chiqarish jarayonida sezilarli samaradorlik va moslashuvchanlik taqdim etadi. Maqolada LEGO Mindstorm detallaridan foydalanib, besh xil murakkablik darajasiga ega bo‘lgan yig‘ish amaliyotlari o‘tkazildi. Har bir darajaga mos detallar soni, ulardagi qismlarning murakkablik ko‘rsatkichlari, bog‘lanishlar va topologik murakkablik hisoblandi.
Kalit so'zlar
—