YASHIL ISHLAB CHIQARISH: O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS “DOIRAVIY FABRIKA” MODELINI ISHLAB CHIQISH

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.15267359
Abdiyeva Flora Botir qizi1
ReceivedApr 03, 2025
RevisedApr 18, 2025
PublishedApr 23, 2025

Annotatsiya

O‘zbekiston sanoatida an’anaviy chiziqli ishlab chiqarish modelidan doiraviy iqtisodiyot tamoyillariga o‘tishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ushbu tadqiqotda mamlakatning o‘ziga xos “Doiraviy Fabrika” modeli ishlab chiqilgan. Maqolada Namangan paxta tozalash zavodlari, Farg‘ona vodiysi tekstil korxonalari va Toshkent avtomobilsozlik zavodlaridagi chiqindilarni qayta ishlashning amaliy misollari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 5R (Reduce, Reuse, Recycle, Recover, Redesign) printsipi asosida ishlab chiqilgan model yiliga 200 million dollargacha qo‘shimcha daromad keltirishi va CO2 chiqindilarini 25% kamaytirishi mumkin. Xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari va xalqaro hamkorlik ushbu modelni amalga oshirishning asosiy omillari hisoblanadi.

Kalit so'zlar

—

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

Abdiyeva Flora Botir qizi (2025). YASHIL ISHLAB CHIQARISH: O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS “DOIRAVIY FABRIKA” MODELINI ISHLAB CHIQISH. *JMMF*, 2(3), 115-119. https://doi.org/10.5281/zenodo.15267359