Annotatsiya
Ushbu maqolada ishsiz yoshlar muammosini hal etishda iqtisodiy mexanizmlardan samarali foydalanish yo‘llari tahlil qilinadi. Xususan, raqobatbardoshlikni oshirish omillari, bandlikni ta’minlashda bozor mexanizmlarining o‘rni hamda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati yoritiladi. Tahlillar asosida ishsiz yoshlarni iqtisodiy faollikka jalb etishning innovatsion yondashuvlari, mehnat bozorining zamonaviy talablari bilan uyg‘unlashgan professional tayyorgarlik tizimi va moliyaviy rag‘batlantirish choralarining o‘rni asoslab beriladi. Maqola yakunida ishsizlikni kamaytirish va yoshlar raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.
Kalit so'zlar
ishsizlik, yoshlar, raqobatbardoshlik, iqtisodiy mexanizm, bandlik siyosati, mehnat bozori, innovatsiya, moliyaviy rag‘batlantirish.