Аннотация
Mazkur maqolada nodavlat notijorat tashkilotlarining (NNT) ijtimoiy loyihalarini moliyalashtirish usullari tahlil qilingan. Muallif an’anaviy va zamonaviy moliyalashtirish manbalarini o‘rganib, ularning samaradorligi va amaliyotda qo‘llanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Xususan, grantlar, homiylik, kraudfanding va ijtimoiy tadbirkorlik kabi mexanizmlar muhokama qilingan. Shuningdek, moliyalashtirish jarayonidagi asosiy muammolar - qonunchilikdagi kamchiliklar, moliyaviy xabardorlikning yetishmasligi va tashkilotlar shaffofligi kabi omillar yoritilgan. Maqolada NNTlarning barqaror moliyaviy ta’minotini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar berilgan.
Ключевые слова
nodavlat notijorat tashkiloti, ijtimoiy loyiha, moliyalashtirish, grant, kraudfanding, ijtimoiy tadbirkorlik.