Аннотация
Ushbu ishda kapital bozorining nazariy asoslari, mohiyati va o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Kapital bozorining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, uning moliyaviy resurslarni samarali taqsimlashdagi roli hamda investitsiya jarayonlarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, kapital bozorining tarkibiy qismlari, faoliyat mexanizmi, zamonaviy rivojlanish tendensiyalari va global integratsiya sharoitida yuzaga kelayotgan imkoniyatlar hamda muammolar o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari kapital bozorini yanada samarali rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Ключевые слова
Kapital bozori, moliya bozori, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, moliyaviy resurslar, fond birjasi, moliyaviy vositalar, risk va daromad, moliyaviy integratsiya, investitsiya muhiti, iqtisodiy o‘sish, kapital oqimi, bozor mexanizmi, uzoq muddatli moliyalashtirish