KICHIK KORXONALARDA XODIMLARNI BOSHQARISH TIZIMIDA TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: TENDENSIYALAR, MUAMMOLAR VA IMKONIYATLAR

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.17680510
Mamajonov Fayzullo Zafarjon o’g’li1
ReceivedNov 02, 2025
RevisedNov 17, 2025
PublishedNov 22, 2025

Annotatsiya

Mazkur maqolada kichik korxonalarda xodimlarni boshqarish tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va raqamli transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda inson resurslarini boshqarishda raqamli yechimlardan foydalanish samaradorlikni oshirish, qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda mehnat unumdorligini ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, kichik korxonalarda raqamli transformatsiyani amalga oshirishda uchraydigan asosiy muammolar — texnologik infratuzilmaning yetarli emasligi, raqamli kompetensiyalarning pastligi va moliyaviy cheklovlar kabi omillar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari kichik biznes subyektlari uchun inson resurslarini boshqarishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash orqali raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Kalit so'zlar

kichik korxonalar, inson resurslarini boshqarish, raqamli transformatsiya, texnologiyalarni joriy etish, innovatsion boshqaruv, raqamli kompetensiyalar, samaradorlik, avtomatlashtirish.

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

Mamajonov Fayzullo Zafarjon o’g’li (2025). KICHIK KORXONALARDA XODIMLARNI BOSHQARISH TIZIMIDA TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: TENDENSIYALAR, MUAMMOLAR VA IMKONIYATLAR. *JMMF*, 2(9), 23-26. https://doi.org/10.5281/zenodo.17680510