Annotatsiya
Ushbu maqolada korxonalarning yashil marketing strategiyasini ishlab chiqishda sunʼiy intellekt (SI) va maʼlumotlarni tahlil qilish vositalarining oʻrni va ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalarida SI texnologiyalari, xususan mashinali oʻrganish, tabiiy tilni qayta ishlash va prediktiv tahlil usullarining yashil marketing strategiyalarini optimallashtirish va isteʼmolchilar xulq-atvorini bashorat qilishdagi samaradorligi isbotlangan. Tadqiqotda katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data) tahlili, sentiment tahlili va shaxsiylashtirilgan marketing yondashuvlarining atrof-muhit barqarorligiga taʼsiri nazariy va amaliy jihatdan asoslangan.
Kalit so'zlar
sunʼiy intellekt, yashil marketing, maʼlumotlar tahlili, barqaror rivojlanish, mashinali oʻrganish, Big Data, isteʼmolchi xulq-atvori, ekologik barqarorlik.