“ICHAN-QAL’A” DAVLAT MUZEY-QO‘RIQXONASIDA SUN’IY INTELLEKT VA AQLLI CHATBOTLAR ORQALI TURISTIK XIZMATLARNI RAQAMLASHTIRISH IMKONIYATLARI

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.18859188
Yaxshimuratova Anajon G‘ayratovna1
ReceivedFeb 12, 2026
RevisedFeb 27, 2026
PublishedMar 04, 2026

Annotatsiya

Mazkur maqolada Xiva shahridagi “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi misolida turizm sohasini raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini tadbiq etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu maqolada tarixiy-madaniy turistik majmualarda aqlli chatbotlar va sun’iy intellekt kabi yordamchi tizimlaridan foydalanish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish va xalqaro standartlarga mos ravishda yaratish usullari yoritilgan. Hamda xorijiy mamlakatlarning “smart tourism” tajribasi o‘rganilgan holda “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi obyektlari uchun ko‘p tilli aqlli gid-tizimlarini yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar

“Ichan-qal’a”, raqamli marketing, sun’iy intellekt, chatbotlar, aqlli turizm, tarixiy-madaniy meros, turizm menejmenti, raqamlashtirish.

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

Yaxshimuratova Anajon G‘ayratovna (2026). “ICHAN-QAL’A” DAVLAT MUZEY-QO‘RIQXONASIDA SUN’IY INTELLEKT VA AQLLI CHATBOTLAR ORQALI TURISTIK XIZMATLARNI RAQAMLASHTIRISH IMKONIYATLARI. *JMMF*, 3(1), 106-110. https://doi.org/10.5281/zenodo.18859188