Abstract
Mazkur maqolada barqaror turizm konsepsiyasining nazariy asoslari hamda amaliy mexanizmlari kompleks ravishda tahlil etilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda barqaror turizm sohasining hozirgi rivojlanish bosqichi, uning davlat siyosatidagi ustuvor yo‘nalish sifatidagi o‘rni va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot doirasida mamlakatda ekoturizmni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy islohotlar, maqsadli davlat dasturlari, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihalari hamda ularning amaliy natijalari tizimli ravishda ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, ichki va tashqi omillar ta’sirida barqaror turizmni rivojlantirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, institutsional va infratuzilmaviy to‘siqlar, boshqaruv tizimidagi ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularning kelib chiqish sabablari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Keywords
Barqaror turizm, ekoturizm, turizm infratuzilmasi, davlat siyosati, turistik oqim, investitsiyalar, ekologik barqarorlik, hududiy rivojlanish, innovatsion yondashuvlar, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik, strategik rivojlanish.