Аннотация
Ipoteka kreditlashning barqarorligi ikki tayanchga suyanadi: foiz siyosatining adolatli va xavfsiz tuzilishi hamda qarz oluvchining to‘lovga layoqatini xolis baholash. Foiz stavkasi faqat “narx” emas, u bankning resurs bazasi, risk prеmiyasi, foiz riskini boshqarish, mijozni himoya qilish mexanizmlari bilan birga ishlaydigan tizimli ko‘rsatkichdir. To‘lovga layoqatni baholash esa faqat daromad haqida ma’lumot olish bilan tugamaydi; u qarz yuklamasi, pul oqimi barqarorligi, kredit intizomi, garov likvidligi, stress-scenariylar, shartnoma shaffofligi va keyingi monitoringni qamrab oladi. Maqolada ipoteka kreditlarida foiz siyosatini optimallashtirishning amaliy yo‘llari, foiz riskini boshqarish talablari, riskga asoslangan narxlash, qayta moliyalashtirish va portfel boshqaruvi masalalari yoritiladi. Shuningdek, qarz oluvchining to‘lovga layoqatini baholashda zamonaviy ko‘rsatkichlar, hujjatlashtirish, kreditorlar uchun prudensial yondashuv, kutilayotgan kredit yo‘qotishlarini hisobga olish, iste’molchini himoya qilish tamoyillari asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.
Ключевые слова
ipoteka krediti, foiz siyosati, riskga asoslangan narxlash, to‘lovga layoqat, DTI, LTV, stress-test, foiz riski, IRRBB, underwriting.