DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.19204231
ReceivedMar 04, 2026
RevisedMar 19, 2026
PublishedMar 24, 2026
Annotatsiya
Mazkur maqolada kadrlar qo‘nimsizligi tushunchasi, uning shakllanish sabablari va tashkilot faoliyatiga ko‘rsatadigan iqtisodiy hamda ijtimoiy ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqot davomida kadrlar qo‘nimsizligining asosiy omillari, ishchi kuchi barqarorligiga ta’sir etuvchi tashkiliy, ijtimoiy va psixologik jihatlar yoritildi. Shuningdek, kadrlar almashinuvi darajasining mehnat unumdorligi, korxona samaradorligi va raqobatbardoshlikka ta’siri ilmiy adabiyotlar asosida baholandi. Tadqiqot natijalari kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Kalit so'zlar
kadrlar qo‘nimsizligi, mehnat bozori, ishchi kuchi barqarorligi, kadrlar siyosati, mehnat unumdorligi, tashkilot samaradorligi.
Maqolaga iqtibos keltirish andozasi
Baxodirova Anaxon Sherzod qizi (2026). KADRLAR QO‘NIMSIZLIGI VA UNING TASHKILOT FAOLIYATIGA TA’SIRI. *JMMF*, 3(2), 52-56. https://doi.org/10.5281/zenodo.19204231