Abstract
Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Xizmat ko‘rsatish sohasining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, uning samaradorligini oshirishda zamonaviy boshqaruv usullarining ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarining xizmat ko‘rsatish sohasiga ta’siri, xususan, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali xizmatlar sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va mijozlarga qulaylik yaratish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Keywords
xizmat ko‘rsatish sohasi, boshqaruv, raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar, xizmat sifati, samaradorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli transformatsiya, mijozlarga yo‘naltirilganlik, raqobatbardoshlik, xizmatlar bozori.