MILLIY IQTISODIYOT INNOVATSION SALOHIYATIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI HUDUDLAR VA TARMOQLAR KESIMIDA BAHOLASH MEZONLARINI TAKOMILLASHTIRISH

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.19313224
Samadqulov Muhammadjon1
ReceivedMar 09, 2026
RevisedMar 24, 2026
PublishedMar 29, 2026

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston misolida milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatidan foydalanish samaradorligini hududlar va tarmoqlar kesimida baholash masalasi tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi innovatsion mahsulotlar hajmiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash va ularni ekonometrik usulda baholashdan iborat. Bunda innovatsion mahsulotlar hajmi natijaviy ko‘rsatkich sifatida, investitsiyalar hajmi, yuqori qo‘shilgan qiymat ulushi, kichik biznesning innovatsion faolligi va sanoat eksporti ulushi esa asosiy omillar sifatida tanlangan. 2019–2025 yillar bo‘yicha statistik ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan tahlil innovatsion mahsulotlar hajmi bilan investitsiyalar, sanoat tarkibi va kichik biznesning innovatsion faolligi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Regressiya natijalari investitsiyalar va qayta ishlovchi tarmoqlar ulushi innovatsion o‘sishni eng ko‘p belgilovchi omillar ekanini tasdiqladi.
Maqolada baholash mezonlarini takomillashtirish uchun kompozit indikatorlar, proksi-ko‘rsatkichlar va statistik monitoringni kuchaytirish bo‘yicha takliflar berilgan. Xulosa sifatida innovatsion salohiyat samaradorligini baholashda investitsiya sifati, sanoat tarkibi, kichik biznes ishtiroki va eksport diversifikatsiyasini birgalikda hisobga olish zarurligi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar

innovatsiya, innovatsion mahsulotlar, investitsiya, sanoat, yuqori qo‘shilgan qiymat, kichik biznes, eksport, hududiy tahlil, tarmoq samaradorligi, ekonometrik model

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

Samadqulov Muhammadjon (2026). MILLIY IQTISODIYOT INNOVATSION SALOHIYATIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI HUDUDLAR VA TARMOQLAR KESIMIDA BAHOLASH MEZONLARINI TAKOMILLASHTIRISH. *JMMF*, 3(2), 204-213. https://doi.org/10.5281/zenodo.19313224