IQTISODIYOT AGRAR SEKTORINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA UNING DARAJASIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.19647482
Anarkulov Dilshod Abdumalikovich1
ReceivedMar 30, 2026
RevisedApr 14, 2026
PublishedApr 19, 2026

Annotatsiya

Mazkur maqolada iqtisodiyotning agrar sektorini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, uning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni hamda rivojlanish darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, agrar sektorda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va investitsion faollik masalalari yoritilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy, tabiiy-iqlimiy va institutsional omillar tizimli ravishda o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari agrar sektor samaradorligini oshirish va uning iqtisodiy o‘sishdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy xulosalar hamda amaliy takliflarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar

agrar sektor, iqtisodiy rivojlanish, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish samaradorligi, investitsiya, innovatsion texnologiyalar, resurslardan foydalanish, iqtisodiy o‘sish, davlat qo‘llab-quvvatlashi, institutsional omillar.

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

Anarkulov Dilshod Abdumalikovich (2026). IQTISODIYOT AGRAR SEKTORINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA UNING DARAJASIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR. *JMMF*, 3(3), 82-88. https://doi.org/10.5281/zenodo.19647482