OʻZBEKISTONDA MUNITSIPAL MULKNI BOSHQARISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI VA ISTIQBOLLARI

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.19647877
Yaxshiboyev Shohruh Xayitmurod oʻgʻli1
ReceivedMar 30, 2026
RevisedApr 14, 2026
PublishedApr 19, 2026

Annotatsiya

Maqolada Oʻzbekistonda munitsipal mulkni boshqarishning nazariy, iqtisodiy va huquqiy asoslari kompleks tarzda tahlil qilingan. Munitsipal mulk tushunchasining mazmuni, uning hududiy taraqqiyotdagi iqtisodiy vazifalari, aktivlarni hayotiy sikl asosida boshqarish, inventarizatsiya, hisobdorlik va moliyaviy barqarorlik kabi nazariy yondashuvlar ochib berilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida munitsipal mulk boshqaruvi Fuqarolik kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonun, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonun, “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonun va budjet qonunchiligi orqali tartibga solinishi koʻrsatilgan. Statistik maʼlumotlar asosida munitsipal korxonalarning hajmi, mahalliy moliyaviy resurslarning munitsipal mulkni saqlash va rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Maqola muallifning munitsipal aktivlar reyestri, ularni KPI asosida boshqaruv, raqamlashtirish va aktivlarning hayotiy sikli boʻyicha rejalashtirishni kuchaytirish boʻyicha ilmiy-amaliy takliflari ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar

Respublika mulki, munitsipal mulk, kommunal mulk, mahalliy budjet, respublika budjeti, hududiy boshqaruv, davlat mulki, aktivlarni boshqarish, mahalliy davlat hokimiyati, respublika ijro etuvchi organlar, huquqiy baza, davlat mulki reyestri.

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

Yaxshiboyev Shohruh Xayitmurod oʻgʻli (2026). OʻZBEKISTONDA MUNITSIPAL MULKNI BOSHQARISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI VA ISTIQBOLLARI. *JMMF*, 3(3), 149-154. https://doi.org/10.5281/zenodo.19647877