Abstract
Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar tizimini tubdan o‘zgartirmoqda. Ushbu tadqiqotda sun’iy intellekt, blokcheyn, XBRL va ERP tizimlarining buxgalteriya sohasiga ta’siri tahlil qilinadi. O’zbekistonda “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasi va 2025-yilgi PQ-282-son qarori doirasidagi islohotlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamlashtirish hisobotlarning aniqligi va shaffofligini 20–40% ga oshiradi, tayyorlash vaqtini 50–70% ga qisqartiradi. Shu bilan birga, kiberxavfsizlik, raqamli ko‘nikmalar yetishmasligi va infratuzilma muammolari dolzarb qolmoqda. Maqola O’zbekiston korxonalari uchun amaliy tavsiyalar taklif etadi.
Keywords
raqamli iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobotlar, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, blokcheyn, XBRL, MHXS (IFRS), ERP tizimlari, “Raqamli O’zbekiston – 2030”.