Annotatsiya
Mazkur maqolada ziyoratgohlar atrofidagi hududlarda turizm faoliyatining mahalliy aholi turmush darajasiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida mahalliy aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida ziyorat turizmining iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy jihatlari baholandi. Tadqiqot natijalari ziyorat turizmi hudud rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va aholi daromadlarining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ekologik muammolar, narxlarning oshishi va infratuzilma yuklamasi kabi salbiy omillar ham aniqlangan. Maqolada ziyorat turizmini barqaror rivojlantirish, mahalliy aholi manfaatlarini ta’minlash va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
Ziyorat turizmi, mahalliy aholi, turmush darajasi, barqaror turizm, ijtimoiy mas’uliyat, hududiy rivojlanish, turizm infratuzilmasi, bandlik, iqtisodiy ta’sir, community-based tourism.