OʻZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA COMMUNITY-BASED TOURISM MODELINING AHAMIYATI

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.20092923
Agzamova Nargiza Gapurovna1
ReceivedApr 19, 2026
RevisedMay 04, 2026
PublishedMay 09, 2026

Аннотация

Mazkur maqolada qishloq turizmini barqaror rivojlantirishda hamjamiyatga asoslangan turizm (Community-based tourism – CBT) modelining ahamiyati hamda uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda jahon amaliyotida qo‘llanilayotgan hamjamiyatga asoslangan turizm modeli o‘rganilib, uning qishloq hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning turistik salohiyati yuqori bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo va Xorazm hududlarida qishloq turizmini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada mahalliy aholi ishtirokini kuchaytirish, oilaviy mehmon uylari faoliyatini rivojlantirish, agro-turizm loyihalarini joriy etish hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hamjamiyatga asoslangan turizm modelini joriy etish qishloq hududlarida bandlikni oshirish, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda madaniy va tabiiy merosni asrab-avaylashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi asoslab berilgan.

Ключевые слова

qishloq turizmi, hamjamiyatga asoslangan turizm, CBT modeli, agro-turizm, mahalliy hamjamiyat, turizm infratuzilmasi, hududiy turizm rivojlanishi.

Как цитировать

Agzamova Nargiza Gapurovna (2026). OʻZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA COMMUNITY-BASED TOURISM MODELINING AHAMIYATI. *JMMF*, 3(2), 62-70. https://doi.org/10.5281/zenodo.20092923