OʻZBEKISTON HUDUDLARINING TURIZM IMKONIYATLARI VA UNING AHOLI BANDLIGIGA TAʼSIRI

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.20093073
Umarova Gulandom Tumanovna1
ReceivedApr 19, 2026
RevisedMay 04, 2026
PublishedMay 09, 2026

Abstract

Turizm oʻzining koʻp qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol taʼsir oʻtkazadi, iqtisodiyotning koʻpgina jabhalarini rivojlantirishga imkon tugʻdiradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yoʻl qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kommunal xoʻjaligi, maishiy xizmat koʻrsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari va h.k. Shuningdek, turizmni rivojlantirish bir vaqtning oʻzida oʻziga xos dam olish, hordiq chiqarish, koʻngil ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, oʻz oʻrnida sayyohlarga sifatli xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq bir qator sohalarni ham qamrab oladi. Aksariyat davlatlarda turizm iqtisodiyotining muhim hamda ustuvor tarkibiy qismi sanalib, mahalliy aholining ish bilan bandligi, mehmonxonalar, restoran va tomoshagohlarning toʻliq ishlashi, xorij valyutasining mamlakatga kirib kelishini taʼminlaydi. Shu bois, koʻplab mamlakatlar turizm sohasiga katta eʼtibor bilan qaraydilar. Turizmning ichki iqtisodiy tabiati shuni koʻzda tutadiki, turist albatta oʻz pullarini mazkur davlatda qoldirishi kerak. Turizm mahalliy turistik resurslarni ekspluatatsiya qilishga va buning evaziga davlatning foyda olishiga asoslanadi.

Keywords

—

How to Cite

Umarova Gulandom Tumanovna (2026). OʻZBEKISTON HUDUDLARINING TURIZM IMKONIYATLARI VA UNING AHOLI BANDLIGIGA TAʼSIRI. *JMMF*, 3(2), 116-117. https://doi.org/10.5281/zenodo.20093073