MINTAQAVIY TURIZM INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING KLASTER MEXANIZMINI SHAKLLANTIRISH MUMAMMOLARI

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.20273123
Barataliyev Faxriddin Muxitdin o’g’li1
ReceivedApr 28, 2026
RevisedMay 13, 2026
PublishedMay 18, 2026

Аннотация

Ushbu maqolada mintaqaviy turizm infratuzilmasidan samarali foydalanishning klaster mexanizmini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Turizm klasterlari hududning turistik salohiyatini integratsiyalashgan holda rivojlantirish, infratuzilma obyektlaridan yuklamani kamaytirmagan holda ularning bandlik darajasini oshirish va resurslardan kompleks foydalanish imkonini beruvchi muhim vosita sifatida qaraladi. Maqolada mintaqalarda turizm infratuzilmasining mavjud holati, klaster mexanizmini joriy etishdagi tashkiliy-iqtisodiy to‘siqlar, davlat-xususiy sheriklik va institutsional muhitning rolini tahliliy baholashga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, turizm klasterlarini boshqarishning samarali modellari, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari va infratuzilma obyektlaridan mavsumiylik omilini kamaytirgan holda foydalanish mexanizmlari taklif etiladi.

Ключевые слова

mintaqaviy turizm, turizm infratuzilmasi, turizm klasteri, klaster mexanizmi, infratuzilmadan samarali foydalanish, davlat-xususiy sheriklik, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar, mintaqaviy rivojlanish, turizmda mavsumiylik, institutsional muhit, hududning turistik salohiyati, moliyaviy barqarorlik, boshqaruv modellari.

Как цитировать

Barataliyev Faxriddin Muxitdin o’g’li (2026). MINTAQAVIY TURIZM INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING KLASTER MEXANIZMINI SHAKLLANTIRISH MUMAMMOLARI. *JMMF*, 3(4), 51-56. https://doi.org/10.5281/zenodo.20273123