ZIYORAT HUDUDLARINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING SMART MODELI

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.20273380
Soxibova Muslimaxon Xolmatjon qizi1
ReceivedApr 28, 2026
RevisedMay 13, 2026
PublishedMay 18, 2026

Annotatsiya

Bugungi kunda ziyorat turizmi O‘zbekiston turizm salohiyatida strategik yo‘nalish bo‘lib, diniy-madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarning iqtisodiy va infratuzilmaviy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ziyoratchilar oqimining ortishi yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish imkonini bermoqda. O‘zbekistonda turizmning istiqbolli: ziyorat, tarixiy-madaniy, rekreatsion, ta’lim, gastronomik yo‘nalishlarini tashkil etish va rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. 2023-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 58-bandida mamlakatimizda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish masalasi va mazkur masala doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan . Ulardan biri esa ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirishdan iborat.

Kalit so'zlar

—

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

Soxibova Muslimaxon Xolmatjon qizi (2026). ZIYORAT HUDUDLARINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING SMART MODELI. *JMMF*, 3(4), 91-95. https://doi.org/10.5281/zenodo.20273380