Annotatsiya
Mazkur maqolada O’zbekistonda demografik sharoitlar va inson kapitalini rivojlantirish o’rtasidagi bog’liqlik, aholining tez o’sishi, yoshlarning ko’payishi va mehnat bozoridagi nomutanosiblikdan kelib chiqadigan muammolar o’rganib chiqiladi. Tadqiqotda O’zbekistonning demokrafik tendensiyalari potensial demokrafik dividendlarni taqdim etsa-da, inson kapitalidan, ayniqsa ta’lim, kasbiy ko’nikmalar va bandlikda samarali foydalanilmasligi barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun muhim to’siq bo’lib xizmat qilishi ta’kidlangan. Rasmiy statistika va ikkilamchi manbalarga asoslanib, maqola tug’ilish tendensiyalari, migratsiya va urbanizatsiyaning inson resurslarini rivojlantirishga ta’sirini o’rganadi.
Kalit so'zlar
demografik sharoit, inson kapitali, demografik dividend, mehnatga layoqatli aholi, yoshlar bandligi, ishsizlik, ta’lim tizimi, kasbiy ko‘nikmalar, urbanizatsiya, migratsiya.