Annotatsiya
Maxsus terminologiyaning o’rganilishi va uning zamonaviy ta’limdagi o’rni juda muhim masalalardir. Maxsus terminologiya — muayyan soha yoki fan doirasida ishlatiladigan terminlar to’plami. Ular o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, har bir sohaning o’ziga xos bilim va tushunchalarini ifodalaydi. Maxsus terminalogiyani o’rgatishning ahamiyati shundaki, soha ichida aniq tushunchalarni shakllantirishda yordam beradi. Natijada terminlar yordamida murakkab g’oyalar va konseptlarni aniq va ravshan ifodalash mumkin. Shuning bilan bir qatorda maxsus terminologiya soha mutaxassislari o’rtasida muloqotni osonlashtiradi va ular bir-birining tushunchalarini tez va to’g’ri tushunishlarini ta’minlaydi.
Kalit so'zlar
maxsus terminologiya, tematik, tilshunoslik, leksikografiya,