Аннотация
Ushbu maqolada O'zbekistonda sanoat klasterlari va erkin iqtisodiy zonalar (EIZ)ning hududiy rivojlanishga ta'siri ilmiy tahlil qilingan. Maqolada klasterlar va EIZlarning nazariy asoslari ko'rib chiqilgan, O'zbekistondagi mavjud klaster va EIZ tizimining holati baholanib, xorijiy davlatlar tajribasi bilan qiyosiy tahlil o'tkazilgan. Hududiy tengsizlik, investitsiya oqimlari va ish o'rinlari yaratish ko'rsatkichlari asosida empirik tahlil amalga oshirilgan. Natijalar asosida sanoat klasterlari va erkin iqtisodiy zonalarning hududiy rivojlanishga ijobiy ta'sirini kuchaytirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ключевые слова
sanoat klasterlari, erkin iqtisodiy zonalar, hududiy rivojlanish, investitsiya, ish o'rinlari, O'zbekiston, hududiy tengsizlik, klaster siyosati.