Annotatsiya
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish, tarmoqni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va institutsional to‘siqlarni bartaraf etish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida tranzaksion xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan “Agro-R&D xab” davlat-xususiy sheriklik modeli hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yakuniy natijaga asoslangan differensial subsidiyalash mexanizmi ishlab chiqilgan. Sirdaryo viloyati ma’lumotlari asosida Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasining modifikatsiyalangan ekonometrik modeli yordamida tarmoqning istiqboldagi investitsion ehtiyojlari prognoz qilingan.
Kalit so'zlar
investitsion jozibadorlik, davlat-xususiy sheriklik, tranzaksion xarajatlar, differensial subsidiya, ESG mezonlari, ekonometrik modellashtirish, agrosanoat klasterlari.