MARKAZIY BANK QAYTA MOLIYALASHTIRISH STAVKASINING INFLYATSIYA DARAJASIGA TA’SIRI

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.20919511
Nortojiyeva Sevinch Raximjonovna1
ReceivedJun 06, 2026
RevisedJun 21, 2026
PublishedJun 26, 2026

Abstract

Bugungi kunda mamlakatimizda narxlar barqarorligini saqlash va inflyatsiyani ko‘zlangan darajagacha pasaytirish makroiqtisodiyotning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining asosiy dastagi hisoblangan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining mamlakatdagi inflyatsiya darajasiga ta’siri o‘rganib chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi pul-kredit siyosatining qat’iylashtirilishi yoki yumshatilishi iqtisodiyotdagi real narxlar dinamikasiga qanchalik mos kelishi empirik tahlillar orqali baholanadi. Tadqiqotning bosh muammosi shundaki, Markaziy bank qarorlari va ularning ijrosi o‘rtasida ma’lum vaqt bo‘yicha uzilishlar kuzatiladi. Shuningdek, inflyatsiyaga nafaqat monetar omillar, balki tashqi omillar ham ta’sir qiladi. Ushbu muammolarni o‘rganish uchun maqolada ekonometrik modeldan foydalanilgan va yakuniy natijalar asosida takliflar berilgan.

Keywords

markaziy bank, foiz stavkasi, inflyatsiya, pul-kredit siyosati, makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsion targetlash, transmission mexanizm, iste’mol narxlari indeksi.

How to Cite

Nortojiyeva Sevinch Raximjonovna (2026). MARKAZIY BANK QAYTA MOLIYALASHTIRISH STAVKASINING INFLYATSIYA DARAJASIGA TA’SIRI. *JMMF*, 3(6), 189-193. https://doi.org/10.5281/zenodo.20919511