Annotatsiya
Maqolada ichki audit jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy holatini tahlil qilishning asosiy vazifalari yoritilgan bo‘lib, unda moliyaviy holat va uning hisobot davridagi o‘zgarishiga umumiy baho berish; aktivlar va ularning shakllanish manbalari, ularni oqilona joylashtirish va samarali foydalanish o‘rtasidagi muvofiqlikni o‘rganish; aylanma kapital miqdorining ko‘payishi (kamayishi)ni hamda joriy majburiyatlarga muvofiqligini aniqlash; moliyaviy-to‘lov va kredit intizomiga rioya qilish; korxona aktivlari tuzilmasi va uning majburiyatlarini o‘rganish; joriy aktivlarning, shu jumladan, debitorlik qarzi va zahiralarning aylanuvchanligini hisoblab chiqish; korxona balansi likvidliligini, moliyaviy barqarorlik va to‘lov qobiliyatining mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarini aniqlash; korxona daromadliligini baholash; korxona moliyaviy holatining barqarorligini uzoq va qisqa muddatli bashoratlash, ya’ni uning moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishga oid masalalar o‘z aksini topgan.
Kalit so'zlar
Moliyaviy tahlil, ichki audit, tashqi audit, sof aktivlar rentabelligi, moliyaviy holat tahlili, moliyaviy holat auditi, moliyaviy barqarorlik tahlili, ma’lumotlar manbai, omilli tahlil, moliyaviy hisobot, aktivlar va ularning shakllanish manbalari.