Annotatsiya
Ushbu maqolada tibbiy xizmatlar bozorining samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional omillar kompleks tarzda tahlil qilingan. Jumladan, sog‘liqni saqlash tizimining moliyalashtirish manbalari, aholining daromad darajasi, tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif nisbatlari, ijtimoiy himoya mexanizmlari hamda davlat tomonidan tartibga solish vositalarining bozor samaradorligiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi, tibbiy xizmatlar sifati, kadrlar salohiyati va institutsional boshqaruv mexanizmlarining ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari tibbiy xizmatlar bozorida samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
tibbiy xizmatlar bozori, samaradorlik, iqtisodiy omillar, ijtimoiy omillar, institutsional omillar, sog‘liqni saqlash tizimi, moliyalashtirish, tibbiy xizmat sifati, infratuzilma, boshqaruv mexanizmlari, davlat tartibga solishi.