Annotatsiya
Ushbu maqolada mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror va inklyuziv rivojlanishi sharoitida baliqchilik sanoatini xorijiy tajriba asosida transformatsiya qilish yo‘nalishlari o‘rganilgan. Norvegiya, Xitoy, Turkiya va Isroilning ilg‘or amaliyotlari tahlil etilgan holda, Xorazm viloyati sharoitida ularni qo‘llash imkoniyatlari baholangan. Maqolada akvakulturani rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, inklyuziv bandlikni ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish va barqaror resurs boshqaruvi masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasi sifatida mintaqaviy baliqchilik klasterlarini barqaror mezonlar asosida tashkil etishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
baliqchilik, akvakultura, barqaror rivojlanish, inklyuziv iqtisodiyot, mintaqaviy transformatsiya, klaster, iqtisodiy salohiyat, eksport, xorijiy tajriba.