Annotatsiya
Maqolada Samarqand viloyatidagi agroturistik destinatsiyalarni raqamlashtirish orqali ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning zamonaviy mexanizmlari tadqiq etilgan. Onlayn bronlash tizimlari, virtual sayohat texnologiyalari, Big Data tahliti, smart infratuzilma hamda raqamli marketing vositalari agroturizmga investitsiyalar jalb qilishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot Samarqand viloyatining 6 ta agroturistik destinatsiyasini qamrab olib, miqdoriy va sifatiy tadqiqot usullarini qo‘llagan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamlashtirish darajasi va investitsiyalar jalb etilishi o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyatsiya (r=0.847, p<0.001) mavjud bo‘lib, raqamlashtirish indeksini 10% oshirish investitsiyalar hajmini o‘rtacha 23.4% ga oshiradi.
Kalit so'zlar
agroturizm, raqamlashtirish, investitsiyaviy jozibadorlik, Big Data, virtual sayohat, smart infratuzilma, Samarqand viloyati