Annotatsiya
Mazkur maqolada Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Omonqo‘ton qishlog‘i misolida tog‘li qishloq destinatsiyalarida oilaviy turizm tadbirkorligini rivojlantirish salohiyati baholangan. Qishloqning demografik, infratuzilmaviy va tadbirkorlik resurslari inventarizatsiyasi o‘tkazilib, 1723 nafar respondent ishtirokidagi so‘rovnoma natijalari asosida turistik talab tuzilmasi aniqlangan. Mavjud oilaviy mehmonxona sig‘imi va prognoz qilinayotgan turistlar oqimi o‘rtasidagi nomutanosiblik aniqlanib, samarasiz foydalanilayotgan 1,6 gektar tomorqa maydonlarida ekologik toza materiallardan yangi mehmon uylari qurish bo‘yicha investitsion model asoslangan. Mahalliy aholi bandligini ta‘minlash va daromadlarni adolatli taqsimlashga yo‘naltirilgan integratsiyalashgan rivojlantirish modeli taklif etilgan.
Kalit so'zlar
tog‘li qishloq turizmi, oilaviy mehmonxona, destinatsiya sig‘imi, Omonqo‘ton, ekoturizm, qishloq bandligi, Samarqand viloyati.