TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA YO‘LOVCHI TASHISH XIZMATLARINING ROLI

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.21299101
Aktamov Abduvali Abdug‘ani o‘g‘li1
ReceivedJun 20, 2026
RevisedJul 05, 2026
PublishedJul 10, 2026

Annotatsiya

Ushbu maqolada yo‘lovchi tashish xizmatlarining mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishdagi o‘rni iqtisodiy-statistik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi va Turizm agentligining 2017–2025-yillar oralig‘idagi rasmiy ma’lumotlari, shuningdek xorijiy turistlar oqimi, transport tarmoqlarining hududiy taqsimoti va tashish tarif siyosati o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, avtomobil transportining yo‘lovchi tashishdagi ulushi 97 foizdan ortiq bo‘lishiga qaramay, temir yo‘l va havo transporti infratuzilmasining sifat jihatidan rivojlanishi xorijiy turistlar sonining barqaror o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqola yakunida yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini oshirish va ularni turizm marshrutlari bilan integratsiyalashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar

turizm iqtisodiyoti, yo‘lovchi tashish, transport infratuzilmasi, transport-turizm integratsiyasi, xizmatlar sifati, transport tarif siyosati, mintaqaviy transport tarmog‘i.

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

Aktamov Abduvali Abdug‘ani o‘g‘li (2026). TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA YO‘LOVCHI TASHISH XIZMATLARINING ROLI. *JMMF*, 3(3), 198-204. https://doi.org/10.5281/zenodo.21299101