Annotatsiya
Maqolada inklyuziv turizmni rivojlantirishda sun’iy intellektga (SI) asoslangan geofazoviy tavsiya tizimlarining roli inson markazli loyihalash tamoyillari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot ob’ekti — Navoiy viloyatining Xatirchi, Nurota va Qiziltepa tumanlarida joriy etilgan “Navoi Turism” platformasi (tourism-for-everyone.uz). Uning markaziy yechimi — foydalanuvchi ob’ektiga eng yaqin madaniy meros nuqtasini avtomatik aniqlovchi geofazoviy algoritm va kontentni inson nazoratidagi moderatsiyasini birlashtirgan gibrid modeldir. Natijalar SI’ning shaffof va inson nazoratidagi (“human-in-the-loop”) qo‘llanilishi nogironligi bo‘lgan sayyohlarning turizm resurslariga teng kirishini oshirishini ko‘rsatadi. Texnologik samaradorlik bilan ijtimoiy tenglikni muvozanatlovchi metodik yondashuv taklif etiladi.
Kalit so'zlar
inklyuziv turizm, sun’iy intellekt, geofazoviy tavsiya tizimi, gibrid model, raqamli kirish imkoniyati (accessibility), inson markazli dizayn, madaniy meros, Navoiy viloyati.