Abstract
Ushbu maqola O‘zbekistondagi moliyaviy institutlar tomonidan amalga oshirilayotgan yashil moliyalashtirish va korporativ ekologik javobgarlik (KEJ) strategiyalarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda yashil moliyalashtirishning iqtisodiy va ekologik samaradorligi, shuningdek, bu jarayonning xalqaro KEJ tamoyillariga mosligi o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida sifatli va miqdoriy tahlil usullari qo‘llanilib, O‘zbekistondagi moliyaviy institutlarning rasmiy hisobotlari va GEFF dasturi ma’lumotlari tahlil qilingan. Natijalar moliyaviy institutlarning yashil iqtisodiyotga o‘tishdagi o‘rni, amalga oshirilgan loyihalarning ekologik samarasi va kelajakda KEJni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ish yashil moliyalashtirish sohasidagi sa’y-harakatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Kalit so‘zlar: yashil moliyalashtirish, korporativ ekologik javobgarlik (KEJ), moliyaviy institutlar, ekologik barqarorlik, GEFF, yashil iqtisodiyot, O‘zsanoatqurilishbank, xalqaro tamoyillar, iqtisodiy samaradorlik.
Keywords
—