YASHIL MOLIYALASHTIRISH VA KORPORATIV EKOLOGIK JAVOBGARLIK: O’ZBEKISTONDAGI MOLIYAVIY INSTITUTLAR TAJRIBASI

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.15269343
Zulayho Zarfullayeva1
ReceivedApr 03, 2025
RevisedApr 18, 2025
PublishedApr 23, 2025

Annotatsiya

Ushbu maqola O‘zbekistondagi moliyaviy institutlar tomonidan amalga oshirilayotgan yashil moliyalashtirish va korporativ ekologik javobgarlik (KEJ) strategiyalarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda yashil moliyalashtirishning iqtisodiy va ekologik samaradorligi, shuningdek, bu jarayonning xalqaro KEJ tamoyillariga mosligi o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida sifatli va miqdoriy tahlil usullari qo‘llanilib, O‘zbekistondagi moliyaviy institutlarning rasmiy hisobotlari va GEFF dasturi ma’lumotlari tahlil qilingan. Natijalar moliyaviy institutlarning yashil iqtisodiyotga o‘tishdagi o‘rni, amalga oshirilgan loyihalarning ekologik samarasi va kelajakda KEJni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ish yashil moliyalashtirish sohasidagi sa’y-harakatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Kalit so‘zlar: yashil moliyalashtirish, korporativ ekologik javobgarlik (KEJ), moliyaviy institutlar, ekologik barqarorlik, GEFF, yashil iqtisodiyot, O‘zsanoatqurilishbank, xalqaro tamoyillar, iqtisodiy samaradorlik.

Kalit so'zlar

—

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

Zulayho Zarfullayeva (2025). YASHIL MOLIYALASHTIRISH VA KORPORATIV EKOLOGIK JAVOBGARLIK: O’ZBEKISTONDAGI MOLIYAVIY INSTITUTLAR TAJRIBASI. *JMMF*, 2(3), 161-165. https://doi.org/10.5281/zenodo.15269343