Abstract
Ushbu maqolada pul-kredit siyosatining inflyatsiya jarayonlarini tartibga solishdagi roli, samaradorligi va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Markaziy bank tomonidan qo'llaniladigan pul-kredit siyosati instrumentlari, ularning inflyatsion jarayonlarga ta'siri va bu boradagi jahon tajribasi o'rganilgan. Inflyatsiyani targetlash rejimida pul-kredit siyosatining ahamiyati, foiz stavkalarining narxlar barqarorligiga ta'siri hamda O'zbekiston sharoitida pul-kredit siyosati orqali inflyatsiyani tartibga solish jarayonidagi yutuqlar va muammolar baholangan. Maqolada pul-kredit siyosatining inflyatsiyani nazorat qilishdagi samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va O'zbekiston uchun pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo'yicha istiqbolli yo'nalishlar taklif etilgan.
Keywords
pul-kredit siyosati, inflyatsiya, markaziy bank, monetar instrumentlar, inflyatsiyani targetlash, foiz stavkalar, likvidlilik, pul massasi, monetar transmission mexanizm, narxlar barqarorligi.