PUL-KREDIT SIYOSATINING INFLYATSIYANI TARTIBGA SOLISHDAGI ROLI

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.15629729
Ibragim Jo`rabayev1 , Abdusalomova Dilnavoz Soibjon qizi2
ReceivedMay 21, 2025
RevisedJun 05, 2025
PublishedJun 10, 2025

Annotatsiya

Ushbu maqolada pul-kredit siyosatining inflyatsiya jarayonlarini tartibga solishdagi roli, samaradorligi va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Markaziy bank tomonidan qo'llaniladigan pul-kredit siyosati instrumentlari, ularning inflyatsion jarayonlarga ta'siri va bu boradagi jahon tajribasi o'rganilgan. Inflyatsiyani targetlash rejimida pul-kredit siyosatining ahamiyati, foiz stavkalarining narxlar barqarorligiga ta'siri hamda O'zbekiston sharoitida pul-kredit siyosati orqali inflyatsiyani tartibga solish jarayonidagi yutuqlar va muammolar baholangan. Maqolada pul-kredit siyosatining inflyatsiyani nazorat qilishdagi samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va O'zbekiston uchun pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo'yicha istiqbolli yo'nalishlar taklif etilgan.

Kalit so'zlar

pul-kredit siyosati, inflyatsiya, markaziy bank, monetar instrumentlar, inflyatsiyani targetlash, foiz stavkalar, likvidlilik, pul massasi, monetar transmission mexanizm, narxlar barqarorligi.

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

Ibragim Jo`rabayev (2025). PUL-KREDIT SIYOSATINING INFLYATSIYANI TARTIBGA SOLISHDAGI ROLI. *JMMF*, 2(5), 74-79. https://doi.org/10.5281/zenodo.15629729