Annotatsiya
Maqolada sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish bo‘yicha xorijiy tajriba Malayziya, Janubiy Koreya va Germaniya misolida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda innovatsion rivojlanishning asosiy modellari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash instrumentlari hamda innovatsiyalarni rag‘batlantirishning institutsional mexanizmlari tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar asosida innovatsion faollik ko‘rsatkichlari va ilmiy tadqiqot hamda ishlanmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar taqqoslab o‘rganilgan. Shuningdek, ushbu modellarni O‘zbekiston Respublikasi sanoat siyosatida qo‘llash istiqbollari alohida e’tibor bilan yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, davlat qo‘llab-quvvatlashi, sanoat klasterlarini rivojlantirish hamda innovatsion infratuzilmani kengaytirish sanoatning raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Kalit so'zlar
innovatsiyalar, sanoat, innovatsion menejment, milliy innovatsion tizim, sanoat siyosati, Janubiy Koreya, Germaniya, Malayziya.