Аннотация
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda inson kapitaliga investitsiya kiritishning ahamiyati va uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida inson kapitalining asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan ta’lim, sog‘liqni saqlash va kasbiy malaka darajasi o‘rganildi. Shuningdek, mamlakatda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar hamda ularning natijalari ko‘rib chiqildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, mehnat unumdorligini oshirish va aholining turmush darajasini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Maqolada mavjud muammolar aniqlanib, inson kapitaliga investitsiya samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ключевые слова
inson kapitali, investitsiya, iqtisodiy rivojlanish, ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash, mehnat unumdorligi, innovatsiyalar, iqtisodiy o‘sish, kadrlar salohiyati.