OʻZBEKISTONDA INSON KAPITALIGA INVESTITSIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI

DIGITAL OBJECT IDENTIFIER (DOI): https://doi.org/10.5281/zenodo.19647956
Niyazova Gulnoza Shovkat qizi1
ReceivedMar 30, 2026
RevisedApr 14, 2026
PublishedApr 19, 2026

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda inson kapitaliga investitsiya kiritishning ahamiyati va uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida inson kapitalining asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan ta’lim, sog‘liqni saqlash va kasbiy malaka darajasi o‘rganildi. Shuningdek, mamlakatda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar hamda ularning natijalari ko‘rib chiqildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, mehnat unumdorligini oshirish va aholining turmush darajasini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Maqolada mavjud muammolar aniqlanib, inson kapitaliga investitsiya samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar

inson kapitali, investitsiya, iqtisodiy rivojlanish, ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash, mehnat unumdorligi, innovatsiyalar, iqtisodiy o‘sish, kadrlar salohiyati.

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

Niyazova Gulnoza Shovkat qizi (2026). OʻZBEKISTONDA INSON KAPITALIGA INVESTITSIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI. *JMMF*, 3(3), 181-186. https://doi.org/10.5281/zenodo.19647956